Xalqaro hamkorlik

Dunyonig 370 dan ortiq yetakchi xorijiy banklar bilan hamkorlik

“Asaka” banki jahon va ichki moliyaviy bozordagi rivojlanish tendensiyalari o’zgarishlariga o’z vaqtida munosabat bildirish orqali O’zbekiston va chet eldagi bank korrespondentlar bilan munosabatlarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda. “Asaka” bank korrespondentlik munosabatlarini olib borishdagi o’z faoliyatini nafaqat o’z pozitsiyalaridan, balki, avvalambor bank mijozlari pozitsiyalaridan baholaydi. Ular uchun optimal sharoitlar bank tomonidan 24 yillik faoliyat davomida samaradorlik, to’lovlarning iqtisodiyligi, ijro muddatlari va komission harajatlarning past darajaliligi orqali yaratildi.

Hamkorlik yo’nalishlari spektrini kengaytirish va xizmat ko’rsatish sifatini oshirish orqali, bank o’z korrespondentlik tarmog’ini muntazam kengaytirib kelmoqda. Hozirgi kunda bank dunyoning 370 dan ortiq yetakchi horijiy banklari bilan korrespondentlik munosabatlarini o’rnatgan. Yirik horijiy banklardagi korrespondentlik hisoblari tarmog’i orqali “Asaka” bank o’zining dunyoning asosiy moliyaviy markazlarida mavjudligini ta’minladi. Bank Germaniya, Avstriya, Yaponiya, AQSh, Buyuk Britaniya, Italiya, Shvetsariya, Xitoy Xalq Respublikasi, Korea Respublikasi, Rossiya va boshqa mamlakatlarning yetakchi banklari bilan korrespondentlik munosabatlarini olib boradi

Hozirgi kunda bank-korrespondentlar soni “Asaka” bank tomonidan bajarilayotgan mijozlarning so’rovi bo’yicha barcha banklararo operatsiyalarni qoplashni ta’minlay oladi. Zarurat tug’ilganida “Asaka” bank yangi banklar bilan korrespondentlik munosabatlarini o’rnatish bo’yicha ishlarni operativ suratda olib borishga tayyor.

Dunyoning moliyaviy institutlari bilan munosabatlarni rivojlantirish an’anaviy ravishda bank faoliyatining ustuvor yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Xalqaro moliyaviy muassasalar bilan hamkorlikni rivojlantirishda asosiy e’tibor investitsion loyihalarni o’rta va uzoq muddatga moliyalashtirish sohasi, savdo operatsiyalarini qisqa muddatga moliyalashtirish (savdoni moliyalashtirish), bank faoliyatidagi turli xil masalalar bo’yicha bilim va tajriba almashish, kasbiy ta’lim dasturlarida qatnashish va boshqalarga qaratiladi.

“Asaka” bank doimiy asosda turli xil mahalliy va xorijiy assotsiatsiyalar bilan sheriklikni muntazam rivojlantiradi va hozirgi kunda O’zbekiston Banklari Assotsiatsiyasi, O’zbekiston Respublikasi Savdo-Sanoat Palatasi, Osiyo Bankirlar Assotsiatsiyasi (OBA), Osiyo va Tinch Okeani Moliyaviy Institutlarini Rivojlantirish Assotsiatsiyasi (OTOMIRA), SWIFT, THOMSON REUTERS va Mastercard kabi tashkilotlarning a’zosi hisoblanadi.

Hisob kitoblarning sifati, tezligi va ishonchliligiga alohida e’tibor berish, boshqa banklar bilan munosabatlarni rivojlantirishga alohida yondashuvni qo’llash orqali “Asaka” bank keyinchalik ham o’zining ichki va xalqaro bozordagi pozitsiyalarini mustahkamlashga harakat qiladi.

Matbuot markazi