Tashqi iqtisodiy faoliyat

Importchilar, eksportchilar va xorijiy kontragentlar bilan hisob-kitoblarni amalga oshiruvchilar uchun.

“Asaka” banki jahon va ichki moliyaviy bozordagi rivojlanish tendensiyalari o’zgarishlariga o’z vaqtida munosabat bildirish orqali O’zbekiston va chet eldagi bank korrespondentlar bilan munosabatlarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda. “Asaka” bank korrespondentlik munosabatlarini olib borishdagi o’z faoliyatini nafaqat o’z pozitsiyalaridan, balki, avvalambor bank mijozlari pozitsiyalaridan baholaydi. Ular uchun optimal sharoitlar bank tomonidan 24 yillik faoliyat davomida samaradorlik, to’lovlarning iqtisodiyligi, ijro muddatlari va komission harajatlarning past darajaliligi orqali yaratildi.

Hamkorlik yo’nalishlari spektrini kengaytirish va xizmat ko’rsatish sifatini oshirish orqali, bank o’z korrespondentlik tarmog’ini muntazam kengaytirib kelmoqda. Hozirgi kunda bank dunyoning 370 dan ortiq yetakchi horijiy banklari bilan korrespondentlik munosabatlarini o’rnatgan. Yirik horijiy banklardagi korrespondentlik hisoblari tarmog’i orqali “Asaka” bank o’zining dunyoning asosiy moliyaviy markazlarida mavjudligini ta’minladi. Bank Germaniya, Avstriya, Yaponiya, AQSh, Buyuk Britaniya, Italiya, Shvetsariya, Xitoy Xalq Respublikasi, Korea Respublikasi, Rossiya va boshqa mamlakatlarning yetakchi banklari bilan korrespondentlik munosabatlarini olib boradi.

Hozirgi kunda bank-korrespondentlar soni “Asaka” bank tomonidan bajarilayotgan mijozlarning so’rovi bo’yicha barcha banklararo operatsiyalarni qoplashni ta’minlay oladi. Zarurat tug’ilganida “Asaka” bank yangi banklar bilan korrespondentlik munosabatlarini o’rnatish bo’yicha ishlarni operativ suratda olib borishga tayyor.

Dunyoning moliyaviy institutlari bilan munosabatlarni rivojlantirish an’anaviy ravishda bank faoliyatining ustuvor yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Xalqaro moliyaviy muassasalar bilan hamkorlikni rivojlantirishda asosiy e’tibor investitsion loyihalarni o’rta va uzoq muddatga moliyalashtirish sohasi, savdo operatsiyalarini qisqa muddatga moliyalashtirish (savdoni moliyalashtirish), bank faoliyatidagi turli xil masalalar bo’yicha bilim va tajriba almashish, kasbiy ta’lim dasturlarida qatnashish va boshqalarga qaratiladi.

“Asaka” bank doimiy asosda turli xil mahalliy va xorijiy assotsiatsiyalar bilan sheriklikni muntazam rivojlantiradi va hozirgi kunda O’zbekiston Banklari Assotsiatsiyasi, O’zbekiston Respublikasi Savdo-Sanoat Palatasi, Osiyo Bankirlar Assotsiatsiyasi (OBA), Osiyo va Tinch Okeani Moliyaviy Institutlarini Rivojlantirish Assotsiatsiyasi (OTOMIRA), SWIFT, THOMSON REUTERS va Mastercard kabi tashkilotlarning a’zosi hisoblanadi.

Hisob kitoblarning sifati, tezligi va ishonchliligiga alohida e’tibor berish, boshqa banklar bilan munosabatlarni rivojlantirishga alohida yondashuvni qo’llash orqali “Asaka” bank keyinchalik ham o’zining ichki va xalqaro bozordagi pozitsiyalarini mustahkamlashga harakat qiladi.

Xizmatlar ro'yxati

Hisob raqam ochish va xizmat ko'rsatish

  • Respublika miqiyosida valyuta o`tkazmalari
  • Valyuta mablag'larini O'zbekiston Respublikasidan tashqariga o'tkazish
  • Naqd pul mablag'lari bilan operatsiyalar
  • Konvertatsiya operatsiyalari

Tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bog'liq operatsiyalar

  • Tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bog'liq operatsiyalar
  • Chet el valyutasini konvertatsiya qilish (sotib olish/sotish)
  • SVOP operatsiyalari
  • SVOT operatsiyalari
  • Elektron shartnoma bo'yicha maslahat

Hujjatli operatsiyalar

  • Xorijiy valyutadagi hujjatli akkreditivlar bilan operatsiyalar
  • Bank kafolatlari va kafilliklarini taqdim etish

Tariflar

tashqi iqtisodiy va valyuta operatsiyalari

Hujjatli operatsiyalar

Operatsiyalar nomi Tarif stavkasi
Import akkreditivlari
Akkreditivni oldindan avizalash 210 000 so`m
Akkreditivni ochish summadan 0.5%, 420 000 so`mdan 8500 000 so`mgacha
Akkreditiv miqdorini oshirish summadan 0.25%, 420 000 so`mdan 2100 000 so`mgacha
Akkreditiv shartlaridagi boshqa o'zgarishlar 210 000 so`m
Xatarlar uchun mukofot
Akkreditivda belgilangan valyutada qoplashni ta'minlash summadan 0.25%, 420 000 so`mdan 2100 000 so`mgacha
Qoplanmasdan Kelishuv asosida

Umumiy xizmatlar

Operatsiyalar nomi Tarif stavkasi
Bankning operatsion kunida SWIFT tizimi va boshqa aloqa kanallari orqali xabar yuborish uchun komissiya 100 000 so`m
Bankning operatsion kuni tugagandan so'ng SWIFT tizimi va boshqa aloqa kanallari orqali xabar yuborish uchun komissiya 170 000 so`m
SWIFT tizimi va boshqa aloqa kanallari orqali xabar yuborish bilan mijozning so'rovini bajarish 50 000 so'm + 100 000 so'm (SWIFT tizimi va boshqa aloqa kanallari orqali xabar yuborish uchun komissiya) + O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo'yicha Korrespondent bank komissiyasi
Mijozning so'rovini bajarish (SWIFT tizimi va boshqa aloqa kanallari orqali xabar yubormasdan) 20 000 so`m

Xorijiy valyutadagi o'tkazmalar

Operatsiyalar nomi Tarif stavkasi
O'zbekiston Respublikasidan tashqaridagi mablag'larni quyidagi ijro muddatlari bilan o'tkazish
Agar operatsiya kuni mobaynida kelib tushgan bo'lsa, topshiriq kelib tushgan kundan kechiktirmay O'tkazma summasining 0,15% (kamida 100 000 so'm) + 100 000 so'm ( SWIFT tizimi va boshqa aloqa kanallari orqali xabar yuborish uchun komissiya) + o'tkazma uchun qo'shimcha komissiya
Agar bank amaliyot kuni tugaganidan keyin kelib tushgan bo'lsa, bankka pul o'tkazish bo'yicha topshiriqlar kelib tushgan kuni O'tkazma summasining 0,15% (kamida 100 000 so'm) + 160 000 so'm ( SWIFT tizimi va boshqa aloqa kanallari orqali xabar yuborish uchun komissiya) + o'tkazma uchun qo'shimcha komissiya
Korrespondent bank komissiyasini yopishda o'tkazma uchun qo'shimcha komissiya
Mablag'larni jo'natuvchi hisobidan ("OUR" opsiyasi") 100 000 so`m
O'zbekiston Respublikasi hududida-mablag'larni jo'natuvchi hisobidan, O'zbekiston Respublikasidan tashqarida - mablag'larni oluvchi hisobidan ("SHA" opsiyasi") Bepul

Matbuot markazi