Xalqaro shartnomalar
«Asaka» bank loyihaviy moliyalashtirish sohasida Xalqaro Moliya Institutlari va xorijiy banklar bilan keng hamkorlikda ish olib boradi.
Xorijiy banklarning kredit yo’nalishlarini jalb etishning asosiy shartlaridan biri – «Euler Hermes» EKA (Germaniya), «SACE» EKA (Iyaliya), «CESCE» EKA (Ispaniya) kabi Milliy Eksport Kredit Agentliklari tomonidan ajratiladigan sug’urta kafolati mavjudligidir.
Mazkur yo’nalishda amalga oshirilgan ish natijasida «Euler Hermes» EKA (Germaniya) tomonidan «Asaka» banki uchun bevosita limit ajratilgan va uning yordamida Landes Bank Berlin AG, Commerzbank AG, HVB, Dresdner Bank AG ishtiroki bilan 15 ta loyiha moliyalashtirilgan.
CESCE EKA (Ispaniya) ishtirokida Banco Santander, ICO, Societe Generale (Ispaniya vakolatxonasi) ishtiroki bilan 4 ta loyiha moliyalashtirilgan, shunda uchta loyihaga Hukumat Kafolati jalb etilgan.
«SACE» EKA (Iyaliya) tomonidan «Asaka» banki uchun bevosita limit ajratilgan va uning yordamida HVB banki (Italiya vakolatxonasi) ishtiroki bilan 3 ta loyiha moliyalashtirilgan.
Hozirgi kunda sanoat sohalarida amalga oshirilayotgan bir qator sarmoya loyihalari quyidagi Kredit Yo’nalishlari bo’yicha moliyalashtirilgan:
- Xalqaro Moliya Korporatsiyasi – XMK;
- Osiyo Rivojlanish Banki – ORB;
- Islom Rivojlanish Banki – IRB;
- «Landes Bank Berlin AG»ning 2 kredit yo’nalisi (Germaniya);
- «Commerzbank AG» (Germaniya);
- «Dresdner Bank» (Germaniya);
- «Hipovereyns bank» (Germaniya);
- «Banco Santander Setral Hispano»ning 2 kredit yo’nalisi (Ispaniya);
- «Societe Generale» (Ispaniya vakolatxonasi);
- «Instituto de Kredito Ofisial» (Ispaniya);
- «Rayfayzen bank» (Chexiya);
- Milliy Eksport Kredit Agentliklari bilan hamkorlik.
Loyihalarni moliyalashtirish
xorijiy banklar ishtirokida
«Asaka» bankda commerzban kag (germaniya) kredit liniyasi bo'yicha ma'lumot
«Asaka» bankda landesbank ag (germaniya) kredit liniyasi bo'yicha ma'lumot
«Asaka» bankda koreya eksport-import banki (j.koreya) kredit liniyasi bo'yicha ma'lumot
Kommertsbank kredit liniyasi (germaniya)
2009 yilning 18 sentyabrida «Asaka» banki va Kommertsbank o’rtasida 40 mln. Evro miqdoridagi yangi kredit liniyasi imzolandi. Ushbu liniya Evropadan tehnik jihozlarni import qilish uchun berilgan. Hozirgi paytda «Asaka» banki ushbu liniya bo’yicha potensial loyihalarni topib moliyalashtirishni ko’rib chiqmoqda.
Hususiy sektorni rivozhlantirish islom korporatsiyasini (hsrik) kredit liniyasi
2013 yilning 2-6 sentyabrlarda Jidda shahridagi Hususiy sektorni rivozhlantirish Islom korporatsiyasining bosh ofisiga “Asaka” bankining delegatsiyasining tashrifi jarayonida, HSRIK vakillari bilan uchrashuv tashkil qilindi. Uchrashuv mobaynida hozirdagi mavjud bo’lgan kredit liniya, yangi qo’shimcha kredit liniyasini jalb qilish, kelajakdagi o’zaro hamkorlik masalalari ko’rib chiqildi.
Islom taraqqiyot banki
2013 yilning 17 mayida O’zbekistonning 4 ta tijorat banki tarafidan («Asaka» Bank, «O’zsanoatqurilishbank», «Aziya Al'yans Bank» va «Ipoteka» Bank) Islom Taraqqiyot Banki manziliga murojaatnoma yuborildi. Ushbu murojaatnomaning maqsadi o’zaro hamkorlikni qo’llab quvvatlash va 100 mln. miqdoridagi jangi kredit liniyani jalb qilishda edi.